Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TILLARNI TADQIQ QILISHDA TARIXIYLIK TAMOYILINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Akram KuldashevUzbekistan State World Languages University
ABI

Аннотация

Maqola tilshunoslikdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan — lingvistik tadqiqotlarda tarixiylik tamoyili masalasining ilmiy adabiyotlarda qo‘llanilish holatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tabiiy-ki, unda tilda bo‘ladigan turli xarakterdagi o‘zgarishlarning tabiati, turlari, ko‘lami va bu innovasiyalarning til funktsional jihatlarini kengayishi yoki torayishiga ko‘rsatadigan ta'siri kabi masalalar o‘rin olgan. an'anaviy tilshunoslikda, mantiqiy yo‘nalishda, struktural tilshunoslikda hamda hozirgi antroposentrizm paradigmasi davrida shakllangan lingvomadaniyatshunoslikning asosiy va yondosh yo‘nalishlarida tilning tarixi, til strukturasida kuzatiladigan diaxron o‘zgarishlar masalasi e'tibordan chetda qolib ketdi. bu narsa XX asr va XXІ asr boshlarida, ayniqsa yaqqol ko‘rinib qoldi. mazkur izlanishda tilshunoslik ta'limotlari tarixida kuzatilayotgan bu salbiy tendentsiyalarning kelib chiqish sabablari, antroposentrizmning asosiy ko‘rinishlari, tillarni tadqiq qilishda tarixiylik tamoyilini qo‘llamaslik, uning jihatlarini qo‘llashda xatolarga yo‘l qo‘yish, unga etarli baho bermaslikning tillar tabiati, rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri baholashga to‘siq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. maqolani yozishga globalizm, xalqaro kontaktlarning keng tarqalishi kuzatiladigan bu dunyoda tilshunoslar tilning amaliy jihatlariga ko‘proq e'tibor qaratishga, til birliklarining qiyinchilik va qo‘llanish tezligi bo‘yicha parametrlariga e'tibor berishlari natijasida lingvistikaning nazariy masalalari, dunyo tillari rivojlanish tarixining turli aspektlariga e'tibor qaratishga etarli darajada motivasiyani his etmaslik holatlari kuzatilayotgani turtki bo‘ldi. shularni inobatga olgan holda, mualliflar tarixiylik tamoyilining lingvistik tadqiqotlarda mantiqiylik tamoyilidan kam ahamiyatga ega emasligini fanning taraqqiyoti ko‘rsatib qo‘yganligini izchil ravishda, tizimlilik yondashuvi asosida yoritib berishga harakat qilindi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0