Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning zamonaviy tendensiyalari: raqamlashtirish va sun’iy intellekt

Durbek Maxkamovyu.f.n. dotsent, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O’zbekiston
ABI

Аннотация

Tabiiy resurslardan foydalanish tartibining hozirgi holati tahlil qilindi. Mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda zamonaviy yondashuv va texnologiyalar imkoniyatlari to‘liq aks etmaganligi aniqlandi. Ushbu sohaga oid xorijiy modellar, nazariy konsepsiyalarning qonunchilikka ta’siri baholandi. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalananishda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari prognoz qilindi. Ekologiya huquqi rivojining global miqyosdagi tendensiyalari sirasiga globallashuv jarayonlari va axborot kommunikatsiya vositalarining kirib kelish bosqichlari o‘rganildi. Amalda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sirasiga kiruvchi ayrim tabiiy resurslardan foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat organlarining mazkur tendensiyadan manfaatdorligini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar yoki tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ilgari surildi va ular xususiyatiga ko‘ra tasniflandi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0