COVID-19 PANDEMIYASI VAQTIDA SPIRTLI ICHIMLIKLARNI ISTE'MOL QILUVCHI SHAXSLARDA DEPRESSIV BUZILISHLARNING TARQALISHI
Аннотация
Maqsad: Covid-19 pandemiyasi sharoitida alkogolizm bilan kasallanganlarda va epizotik shaklda spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchilarda depressiyaning tarqalishini klinik-psixopatologik xususiyatlarini o’rganish. \nMaterial va metodlar: Pandemiya vaqtida alkogolizm kasalligi mavjud bo’lgan yoki epizotik shaklda spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchi shaxsda depressiv buzilishlarni Gamiltonni depressiv shkalasi yordamida tekshirildi.\nNatijalar: Kuchaytirilgan karantin davrida alkogolizm bilan kasallanganlarda og’ir va o’ta og’ir depressiyaga 100% bemorlarda kuzatildi, epizotik shaklda spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchi shaxsda 80% yengil depressiv buzilish va 20% da o’rtacha og’irlikdagi depressiv buzilishlar aniqlandi.\nXulosa. Alkogolizm bilan kasallangan bemorlarda pandemiyasidan oldingi davrda depressiv buzilishlar mavjud bo’lib, kuchaytirilgan karantin davrida ushbu buzilishlar og’irlashdi. Buning natijasida aksariyat bemorlar alkogol miqdorini oshirishga majbur bo’lib, tolerantlikni yuqori darajaga yetkazishdi.
Перевод пока недоступен