Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

UROLITIAZDA BOLALARDA KLINIK-LABORATOR KO'RSATKICHLAR VA STATSIONAR DAVOLASH BOSQICHIDA LABORATOR DIAGNOSTIKA SIFATI

YUSUPOVA Nargiza AbdiqodirovnaSamarqand Ddavlat tibbiyot instituteBERDIYAROVA Shohida ShukrullaevnaSamarqand Ddavlat tibbiyot instituteYULAEVA Irina AndreevnaSamarqand Ddavlat tibbiyot instituteKARAKULOV Anvar GulomovichSamarqand Ddavlat tibbiyot institute
ABI

Аннотация

Maqsad: Urolitiaz bilan kasallangan bemorlarda klinik laborator tekshiruvlar natijalarini baxolash va statsionar davolanish bosqichida laboratoriya yordami sifatini o`rganish.\nMetodlar: 2019-2020 yillarda Samarqand viloyatida Urolitiaz bilan kasallangan bolalar SamMI ning 2-klinikasiga murojaati o'rganildi va bemorlarga statsionar bosqichida laboratoriya yordami sifatini tahlil qilish amalga oshirildi. Barcha bemorlarda quyidagi laborator tekshiruvlar: umumiy qon, umumiy siydik tahlili; biokimyoviy koagulogramma tahlili o'tkazilgan. \nOlingan natijalar: Taxlilida Urolitiaz bilan barcha bemorlarda eritrotsitlar cho`kish tezligi (ECHT) ko'payganligi, leykotsitlar soni ko'payganligi, qizil qon tanachalari soni kamayganligi, periferik qonda gemoglobin, rang ko'rsatkichi me'yordan pastligi va LII oshganligini ko`rish mumkin. Bemorlarning qon biokimyoviy parametrlarini o'rganishda kreatinin va mochevina keskin ko'payganligi va transaminaza fermentlari AST ning ustunligi bilan ko'tarilganligi aniqlandi. Elektrolitlar balansining ko'rsatkichlari: natriy me'yordan oshgan, kaliy va xlor me'yorda, umumiy oqsil va kaltsiy miqdori kamaygan. Umumiy siydik tahlilida siydikda bakteriyalar borligi, qon, leykotsitlar aniqlanadi. O`rganishlar shuni ko`rsatdiki, siydik tosh kasalligi bilan og'rigan bemorlarga laboratoriya tekshiruvlarini o'tkazish chastotasi va samaradorligi standartga muvofiq olib borilgan.\nXulosa. Shunday qilib bemorlarning guruhlaridan qat'iy nazar, barcha bemorlarda istisnosiz LII ning oshishi, leykotsitoz, eritrotsitopeniya kuzatilganligi. 1 va 2 guruhlarda qonda transaminaza fermentlari mochevina, kreatininining ko`tarilganligini, va umumiy oqsilning kamayganligi aniqlandi. Siydikdagi umumiy oqsil, eritrotsitlar, leykositlar mavjudligi anilandi. Barcha guruhlarda o`zgarish diapazoni kasallikning kechishiga qarab turlicha bo`ldi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0