SО‘ZLАShUV NUTQI LISONIY О‘ZGАRIShLАRNING MАNBАI SIFАTIDА
Аннотация
Til tizimida kechadigan о‘zgarishlarni faqat kuch yoki energiyani tejash maqsadi bilan bog‘lash g‘oyasi о‘z paytida tilshunoslar о‘rtasida keng tarqalgan edi. Biroq keyingi kuzatishlar guvohlik berishicha, ushbu hodisa о‘zgarishlar yuzaga kelishining yagona sababi bо‘lmasdan, balki turli holat, kuchlarning о‘zaro uchrashuvi til tizimi rivoji yо‘nalishlarini belgilab beradi. Sо‘zlashuv nutqida lisoniy tejamkorlik va axborot ortiqchalik tamoyillari amal qilishi olimlar tomonidan eʼtirof etilgan. Maqolada tejamkorlik axborot ifodasida implikativ usullar faollashishi, bunga esa, tagmaʼno ifodasining har qanday kо‘rinishida bо‘lganidek, lisoniy vositalarni tejash orqali erishilishi, oqibatda, gapning dialogik shakli kо‘pincha birgina sо‘zdan iborat bо‘lishi va u yoki bu sababga kо‘ra faqat bitta gap bо‘lagi eksplitsit tarzda namoyon bо‘lishi odat tusiga aylangani kognitiv metod asosida tahlil qilingan.
Перевод пока недоступен