Fermer xo‘jaliklarining yerdan foydalanish samaradorligini oshirishda imtiyozlar qo‘llash: milliy va xorijiy tajriba
Аннотация
Ushbu maqolada fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq milliy va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, yerdan foydalanishda zamonaviy texnalogiyalarni qo‘llash va ularga imtiyozlar berishmasalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, qishloq xo‘jalik sub’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonun hujjatlari bilan bir qatorda qishloq xo‘jalik yerlarini huquqiy tartibga solish va undan samarali foydalanganlik uchun imtiyozlar qo‘llashga qaratilgan normativ hujjatlar o‘rganildi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan, lalmi va yaylov yerlaridan foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning o‘ziga xos tajribalari qiyosiy tadqiqot usuli asosida tahlil qilindi. Binobarin, O‘zbekistondagi quruq va mo‘’tadil iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligida tomchilab sug‘orishning samarali jihatlaridan foydalanish va uning huquqiy asoslarini yaratish yuzasidan fikr va mulohazalar berildi. Fermer xo‘jaliklariga yerdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun subsidiyalar berish tartibi va imtiyozlar qo‘llashning huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishga harakat qilindi.
Перевод пока недоступен