YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT (KO'MAKCHILAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT)
Аннотация
Annotatsiya: Ot, olmosh va otlashgan so’zlar, harakat nomi va
sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so’zlarga munosabatini bildirgan
yordamchi so’zlar ko‘makchilardir. Masalan: Xadicha xola Baxrobod qishlog’ida
kichik o’g’li Obidjon bilan turar edi.Sen uchun kitob olib keldim.
Ko’makchilar vazifasiga ko’ra kelishiklarga o’xshaydi. Ba’zan ko’makchilar
kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o’rnida ishlatiladi.
Masalan: qo’l bilan ko’tardim. Qo’lda ko’tardim(vosita ma’nosi). Jahonda
dong’imiz paxta orqali. (G’afur G’ulom.) Jahonda dong‘imiz paxtadan (vosita yoki
sabab ma’nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik
ma’nosi). Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda
ham ko‘rish mumkin: Paxta uchun kurash – paxtaga kurash birikuvlarida uchun
ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga bilan almashtirib bo’lmaydi .
Перевод пока недоступен