Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA O'QITISH METODIKASI

ABI

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqola matematika o’qitish metodikasi, usullari haqida bo’lib, Matematika fani bo’limlari bilan tanishtirilagan. Matematika fanini o’rganishning o’quvchilar uchun qanchalar muhimligi, o’quvchilarning teran fikrlashida fanning ahamiyati ko’rsatilgan. Matematika so’zi qadimgi grekcha - mathema so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi «fanlami bilish» demakdir. Matematika fanining o’rganadigan narsasi (ob'ekti) materiyadagi mayjud narsa-larning fazoviy formalari va ular orasidagi tniqdoriy munosabatlardan iborat. Hozlrgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi: 1) elementar matematika 2) oliy matematika. Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo’lgah fan bo’lib, u oliy matematikaning turli tarmoqlaridan, ya'ni nazariy arifmetikadan, sonlar nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan elementar ma'himotlar asosiga qurilgandir.
Oliy matematika fani esa real olamnmg fazoviy formalari va ular oraskiagi miqdoriy munosabatlami to’la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik qonuniyatterni topish bilan shu qo’llanadi. Elementar matematika fani maktab matematika kursining aso-sini tashkil qiladi. Maktab matematika kursininng maqsadi o’quvchilariga ulaming psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ipatermtik bilimlar sistemasi ma'lum usulda (metodika) orqali o’quv-chilarga etkaziladi. (Metodika so’zi grekcha so’z bo’lib, «yo'l» degan ma'noni beradi). Matematika metodikasi pedagogika va didaktika fanining asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta'lim maqsadlariga mos keluvchi matematikani o’qitish, o’rganish qonuniyatlarini o’rganadigan mustaqil fandir. Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o’rganish kerak?
2. Matematikadan nimaiami o’rganish kerak?
3. Matematikani qanday o’rganish kerak? Bizga ma'lumki, matematika darslarida o’quvchilar o’qishning dastlabki kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o’rganadilar. Ular awalo kuzatishlar natijasida, so’ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda njustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. O’quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madani-yatni shakllantirish. Matematika darslarida o’rganiladigan har bir matematik xulosa qafiylikni talab qiladi, bu esa o’z navbatida juda ko’p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. O’quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o’rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. o’quvchilarni biror matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bolgan fikrlarni simvolik tilda to’g’ri ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o’z ona tillarida ifoda qila olishlariga o’rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.
Matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo’yadi: Matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik
hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tadbiq qila
olishga o’rgatish. Bunda asosan o’quvchilarda nazariy bilimlarni
amaliyotga bog’lay olish imkoniyatlarinitarkib toptirish, ularda turli
sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini
shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan
amaliy masalalarni hal qilishga o’rgatiladi. Matematikani o’qitishda texnik vosita va ko’rgazrnali
qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o’quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik
ko’rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana
olish malakalari tarkib toptiriladi. Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan. Masalan, funksiyalar va ularni grafik tasvirlash haqida fizikada foydalaniladigan ba'zi malumotlani o’quvchilar VII sinfdaa boshlab o’rgana boshlaydilar. VIII sinfda beriladigan geometrik yasashlarga doir ko’p bilimlar chizmachilik fani uchun boy material bo’ladi, chizmachilikning vazifasi bu bilimlami turli chizmachilik ishlarini bajartirish yo’li bilan puxtalashdan iboratdir. Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko’rsatish qiyin, buni o’qituvchining o’zi amalga oshiradi, ya'hi o’quv materialini rejalashtirishda va darsga tayyorla-nish vaqtida e'tiborga olishi kerak. Masalari, tenglamalarni o’rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bog’lanishlarni aks ettiradigan tenglamalarni, ya'ni issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan chiziqli kengayish tenglamasi va shunga o’xshash tenglamalarni ham yechtirishi mumkin. Dasturning foiz, proporsiya va boshqa boblarini o’rganishda ximiya va fizika masalalaridan foydalanish ma'quldir (aralashmalar, quymalar va shunga o’xshashlar), masalan: 1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 240 g suvga qancha solish kerake 2) 5% li 400 g eritmani qaynatib, 200 g ga keltirildi. Endi eritmaning o’tkirligi qancha bo’ladi?
Qo’shni fanlarga doir materiallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi. Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0