YALPI TALAB VA TAKLIF TUSHUNCHASI VA UNING HAMMIGA TA'SIR ETGAN OMILLAR
Аннотация
Ushbu maqolada, Makro ko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand –aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Umumiy taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Yalpi taklif –bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining asosi hisoblanishi haqida fikr mulohazalar yuritiladi.
Перевод пока недоступен