Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

OILAVIY MUNOSABATLARNING SHAKLLANISH TARIXI VA UNING ASOSIY MANBALARI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda oilaviy munosabatlarning shakllanish tarixi va uning asosiy manbalari haqida fikr yuritilgan. Bu mavzu o‘zbek tadqiqotchi olimlari tomonidan falsafiy, huquqiy, diniy, tarixiy, psixologik yondashuvlar asosida tadqiq qilingan. Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida oila va nikoh munosabatlarini tartibga solishda qo‘llanilgan asosiy manbalar tahliliy va qiyosiy o‘rganilgan. Jumladan, zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”, Qur’oni karim, buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hadislari, Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning qarashlari, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asari o‘rganilgan. Bu ma’naviy meroslarning bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksida oilaviy munosabatlarga doir keltirilgan normalarning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida tadrijiy takomillashganligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek maqolada oilaviy munosabatlarning tarixda ham muhim ahamiyat kasb etganligi manbalarda keltirilgan ma’lumotlar asosida yoritilgan. Hamda yuqorida keltirilgan manbalar asosida oilaviy munosabatlarda nikohning tutgan o‘rni va ahamiyati ham ko‘rsatib berilgan. Shu nuqtai-nazardan har qanday davrda, har qanday jamiyat, davlat taraqqiyotida oilaning tutgan o‘rni va ahamiyati o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligi haqidagi fikrlar asoslab berilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0