Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseскороОткрытый API экосистемы
Латиница
Статья

INTERAKTIV TELELOYIHALARNING SAMARADORLIK MASALALARI

ABI

Аннотация

Mazkur maqolada jahonda keng ommalashgan interaktiv teleloyihalarning samaradorlik masalalari koʻrib chiqildi. Hozirda barcha davlat va nodavlat telekanallari oʻz maqsadli auditoriyasining hajmini bilishi, samarali koʻrsatuvlarni muntazam aniqlashga intiladi. Har bir telekanal faoliyati marketing tadqiqot natijalariga uzviy bogʻliqdir. Auditoriyaning istak va xohishlarini tadqiq etish natijasida u yoki bu telekanalning ish samaradorligini aniqlash va unga asosan boshqaruvning marketing rejasini ishlab chiqish imkoniyati vujudga keladi. Izlanishda yurtimiz davlat va xususiy telekanallar faoliyatining samaradorlik xususiyatlariga koʻra oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilindi. Mazkur izlanishlarga koʻra interaktiv teleloyihalarning samaradorligi boshqa yoʻnalishdagi telemahsulotlarga nisbatan katta ekanligini taʼkidlash kerak. Bevosita studiyada ishtirok eta olish imkoniyati, tasvirga olish jarayonida taniqli mediashaxslar bilan muloqotga kirishish xususiyatlariga koʻra nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda teleseriallar qatori muloqotga asoslangan tok-shoularning ham nihoyatda ommalashishi bunga yaqqol misol boʻladi. Rivojlangan davlatlarda interaktiv telekoʻrsatuvlarning maxsus reytinglari, tomoshabinboplik boʻyicha koʻrsatkichlari muntazam oʻrganiladi, samaradorlik xususiyatlari tadqiq etiladi. Maqolada yurtimizda faoliyat koʻrsatuvchi xususiy telekanallar interaktiv shoulari davlat telekanallarida tayyorlanadigan koʻrsatuvlarga nisbatan reytingi balandligi boʻyicha izlanish natijalari bayon etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi sifatida media biznes sharoitida interaktiv telejurnalistikaning asosiy rivojlanish tamoyillari ularning auditoriyaning oʻziga jalb qilish imkoniyatlari tahlilini koʻrsatish mumkin. Shuningdek, maqolada telekoʻrsatuvlarning samaradorlik belgisi sifatida xorijda olib borilayotgan tanlovlarga toʻxtalib oʻtilgan. Izlanishda interaktiv telejurnalistika samaradorligi ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra ilmiy xulosalar qilindi.

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро