Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

"MARTIN IDEN" ASARIDAGI MARTIN IDENNING HAYOTGA BOʻLGAN MUHABBAT TAFSILOTLARI

ABI

Аннотация

Bu asar Jek London qalamiga mansub bo‘lib, roman asosan avtobiografik shaklda yozilgan. Martin Iden va Jek Londonning o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Ikkalasi ham jamiyatning quyi tabaqasidan chiqqan va faqat o‘z kuchi bilan adabiyotda ulkan yutuqlarga erishgan. London yoshligida o‘zini juda ko‘p ishlarda sinab ko‘rgan; u dengizchi, zavod ishchisi, kir yuvish shirkati ishchisi sifatidagi tajribasiga tayangan holda mohirona asarlar yozdi. Ruf obrazi esa Jek Londonning birinchi muhabbati Meybl Epplgartdan olingan. “Martin Iden” romani buyuk yozuvchi Jek Londonning qalamiga mansub bo‘lib, birinchi marta 1908-1909-yillarda “The Pacific Monthly” jurnalida chop etilgan, 1909-yilda esa Macmillan Company nashriyotida alohida kitob sifatida nashr etilgan. Ushbu maqolada asar haqida atroflicha fikr yuritiladi hamda asarning bosh qahramoni Martin Iden obrazi tasvirlanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0