Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

O'ZBEK MENTALITETI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA ETNIK JIHATLARI

Kurbaniyazova Raushana KurbanbaevnaToshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali katta o'qituvchisi, falsafa doktori (PhD)
ABI

Аннотация

Xalqlar mentalitetining shakllanishi uzoq davom etadigan ijtimoiy-psixologik jarayon bo'lib, u jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, o'zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida tarkib topadi. O'zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida shakllanib bo'lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan avtoxton sug'du-xorazmiy va qadimgi turkiy zabon etnik qatlamlardan tashqari o'ziga turli davrlarda har xil miqdorda mahalliy va tevarak-atroflardan kelib qo'shilgan etnik guruhlarni singdirib borgan va har ikkala asosiy ildizlarning birikishi – o'zbek elatini va keyinchalik o'zbek millatini tashkil etgan. Mentalitet etnosning xalq darajasida emas, balki millat darajasiga yetganida shakllanadi. O'zbek mentaliteti o'z shakllanish jarayonida xalqimizning etnik jihatdan ko'p tarmoqli ekanligi, barcha urug' va ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy jihatlar va jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi fazilatning rivoj topishini taqozo etib kelgan. Shu tariqa xalqimiz fe'lidagi bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hamjihatlik, qiynalgan paytlarida nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari shu jamoaviy yakdillikni ta'minlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan kelib chiqqan va sayqal topgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0