DARVESH BAHRIDDINOVNING «ЧАРОҒИ ҲИДОЯТ»-И ОРЗУ ВА ЗАБОНИ ТОҶИКИИ ФОРСӢ» MONOGRAFIYASI HAQIDA
Аннотация
ANNOTATSIYA\n\nMazkur maqola «Charog‘i hidoyat» izohli lug‘atining leksikografik xususiyatlari hamda lug‘at leksik-frazeologik birliklarining hozirgi tojik tili bilan qiyosiga bag‘ishlangan «Чароғи ҳидоят»-и Орзу ва забони тоҷикии форсӣ» monografiyasi haqidagi mulohazalardan iborat.\n\nUshbu mulohazalarda mongrafiyada lug‘at leksikasini hozirgi tojik tili leksikasi bilan qiyoslanishi va buning natijasida tildagi sinxiron va diaxron o‘zgarishlar qay darajada ta’sir ko‘rsatilgani aks ettirilgan. Shuningdek, biz so‘z yuritayotgan monografiyada muallifi lug‘atning leksikografik xususiyatlari va tojik tili leksikasi bilan qiyoslashda muhim ma’lumotlar bergan. Shu bilan birga, muallifning bu boradagi tadqiqotlari jiddiy izlanish asosida qayta tasniflanishga ehtiyoj sezadi. Xususan, lug‘atdagi ayrim leksikografik jihatlar: so‘zlarning etimologik, leksik-frazeologik tasnifi, fonetik va orfoepik izohlar, so‘zlarning qisqargan va ko‘plik shakllari berilishi hamda so‘zliklarni mazmuniy jihatdan to‘liq tasnif qilinganda lug‘atning leksikografik xususiyatlari oydilashadi.\n\nKalit so‘zlar: leksikografiya, etimologiya, frazeologik birlik, o‘zlashma so‘z, lug‘at, fors-tojik tili, fonetik xususiyat, so‘zlik, lug‘aviy birlik, monografiya
Перевод пока недоступен