Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

LAQABLAR LISONIY BELGILAR NOMINATIV FUNKSIYASINING MAXSUS LINGVOKULTUROLOGIK SHAKLI SIFATIDA

ABI

Аннотация

ANNOTATSİYA\n\n\nIslomiy sivilizatsiyaga oid xalqlarning tillaridagi antroponimik nominativ birlik – laqablar eng qadim zamonlardan beri faol lisoniy kommunikatsiyada boʻlib kelayotir. Binobarin, islomiy axloq haqorat, kamsitish ma’nolarini tashiydigan laqablarnigina qoralaydi. Shu sababli laqablar ism, otaism, familiya, taxallus, kunya, unvon kabilardan iborat tildagi antroponimik tizimning maxsus va ajralmas parchasi boʻlib, u tilning eng qadimgi taraqqiyot davridan buyon amalda boʻlib kelmoqda.\n\n\nTildagi birinchi laqab yoki unvon berish, ismni laqab bilan almashtirish hodisasi til ikkilamchi nomlash funksiyasini ilk marotaba amalga oshirish demakdir. Zero, ikkilamchi nomlash – tayyor til birliklarini ikkilamchi vazifani bajarashi uchun qayta tafakkur qilish va nomlashning oʻzidir. Ikkilamchi nomlashning asosida inson tafakkurining assotsiativ xususiyati turadi va binobarin, bu oʻz navbatida yangi nomlarga xos boʻlgan xususiyatlar asosida ismlar va laqablar orasidagi oʻxshashlik va farqlarni ochib berishga imkon beradi.\n\n\nInsoniyat tarixining eng qadim davridan e’tiboran kishi ismlari qatorida laqablar ham mavjud boʻlib kelayotgani, keyinchalik bu holat oʻtmishdan to bugunga qadar ijtimoiy sharoitlarda turli tillarda, shu jumladan, oʻzbek tilida, ham ismlar, familiyalar, ota ismlari, laqablar, taxalluslar, unvonlar, nikneymlarning murakkab tizimini shakllantirgani kuzatiladi.\n\n\nKalit soʻzlar va iboralar: onomastika, antroponimika, laqab, islom sivilizatsiyasi, lingvomadaniy yondashuv, lisoniy belgining birlamchi va ikkilamchi nominatsiyasi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0