Перейти к основному содержанию
Статья

SOG'LOM VA VIRUS BILAN KASALLANGAN PHASEOLUS VULGARIS O'SIMLIGI PEROKSIDAZA FERMENTI AKTIVLIGINI O'RGANISH

ABI

Аннотация

Inson hayoti davomida tanovul qiladigan oziq-ovqatlar orasida dukkakli don mahsulotlari va poliz ekinlarining o`rni beqiyos. Ulardagi vitaminlar odam organizmi uchun juda muhim hisoblanadi. Mana shunday dukkakli don mahsulotlari vakillaridan biri loviyadir. Loviya, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bo’yicha 10 o’rinda turadi. Loviya o‘simligini ham so‘ngi yillarda qator viruslar kasallantirib, hosildorlikni pasaytirish bilan bir qatorda mahsulot sifatini ham yomonlashuviga olib kelmoqda. Bunga asosiy sabab loviya o`simligi turli xil mikroorganizmlar, shu jumladan, fitopatogen viruslar bilan kasallanishidir. Bu fitopatogen viruslardan biri bu – loviya mozaikasi virusi (LMV) bo‘lib, dukkakli don mahsulotlariga zarar yetqazib, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘sir etib hosildorlikni 80% gacha kamaytirish xususiyatiga ega virus hisoblanadi [2]. Ushbu maqolada LMV bilan kasallangan va sog’lom loviya o‘simligi (Phaseolus vulgaris) bargidagi peroksidaza fermenti dinamikasi o’rganilgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0