MATNAZAR ABDULHAKIM PAHLAVON MAHMUD RUBOIYLARI MOHIR TARJIMONI.
Аннотация
Komil Ikromov esa o‘z asarida Sayyid Alouddin hazratlarini shunday bir “ziyoratlar”
qiladiki, g‘azabdan tiling kalimaga kelmay qoladi. “Ziyorat”ni qo‘shtirnoq ichiga
olayotganimizning boisi, asarda bu siymoga boshdan-oyoq qora bo‘yoq chaplanganligidir.
Emishki, Sayyid Alouddin bir necha kofirni dinsizliklari uchun minoraga xibs qilib
qo‘yganida, kimdir o‘sha minoraga bir uchi mazkur minora yaqinidagi daraxtga bog‘langan
arqonni tashlab, tarang tortilgan dor orqali mahbuslarni oziq-ovqat bilan ta’minlab turgan
emish. Ko‘zda tutilayotgan “dorboz”ning Pahlavon Mahmud ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Pahlavon Mahmud ham dorbozlik, ham ateistlik qilyapti. Ham kofirlarning qorni
to‘ymoqda, ayni paytda ularning jinoyatlarini fosh va taftish qilib, Sayyid Alouddin o‘zining
mutaasibligi bilan kommunistik mafkuraning tegirmoniga suv quymoqda.