Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO'LGAN O'SMIR QIZLARDA HAYZ DAVRINING BUZILISHINI O'ZIGA XOSLIGI

ABI

Аннотация

O'smir qizlarning reproduktiv salohiyatini saqlash ya'ni fertil yoshda tug'ish funktsiyasini amalga oshirish imkoniyati dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida eng muhim tibbiy va ijtimoiy muammolardan biri xisoblanadi. O'smirlik davrida qizlar reproduktiv tizimni shakllantirishning murakkab jarayonini boshdan kechiradilar, gipotalamus tuzilmalarining yetukligi tugallanadi, gonadotrop gormonlar sekretsiyasining barqaror ritmi o'rnatiladi. Balog'atga yetishning fiziologik kursi ko'p jihatdan kelajakda qizlarning homilador bo'lish, tug'ish va emizish qobiliyatini belgilaydi. O'smirlarning reproduktiv tizimining kasalliklari, ularning surunkaliligi generativ funktsiyaning to'liq rivojlanishi uchun prognozni yomonlashtiradi. Qalqonsimon bez tizimi hayz ko'rish funktsiyasini tartibga solishga katta hissa qo'shadi, shuning uchun qalqonsimon bez kasalliklari tananing gormonal gomeostazasining o'zgarishiga, shu jumladan reproduktiv tizimning gormonal regulyatsiyasining buzilishiga olib keladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0