KIMYO FANINI O'QITISH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR
Аннотация
Asrimizda taraqqiyot rivojini ta’minlashga xizmat qiladigan intellektual bilimlarga bo’lgan ehtiyojning ortishi fanga oid bo’lgan ma’lumotlar hajmining ko’payishi va mos ravishda o’quv dasturlarining ravishda yangilanib borishiga olib keladi. Kimyoviy ishlab chiqarish maxsulotlaridan kundalik turmushimizda, tibbiyot sohasida, oziq-ovqat sanoatida, ishlab chiqarishda xomashyo sifatida, qishloq xo’jaligida o’g’itlar ishlab chiqarishda, transport sanoatida va boshqa yana ko’plab sohalarda foydalaniladi. Murakkab, ammo qiziqarli fanlardan sanaladigan kimyo fanining o’qitish samaradorligini oshirishda maktab o’quvchilarining ilmiy bilimlarga bo’lgan ehtiyojlarini rag’batlantiradigan, ularning bilim olishda, dars jarayonida faolligini oshiradigan, nazariy bilimlardan kundalik turmushda foydalanish ko’nikmasini shakllantiradigan o’qitish shakllari va usullarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Перевод пока недоступен