Insonning biosferaga ta'siri
Аннотация
Insonning biosferaga ta’sirining boshlanishni neolit davriga to’g’ri keladi. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida uning tabiatga ta’siri uncha sezilarli bo’lmagan, u tabiatdan nimani olsa uni tabiatga qaytargan. Biosferadagi moddalarning biotik davriy aylanishini buzmagan. Asta-sekin insonning tabiatga ta’siri kuchayib borgan. Ayniqsa keyingi yuz yilliklarda ilmiy-texnika revolyutsiya natijasida inson ta’sirida elementlarning biogen migratsiyasi juda kuchayib ketdi. Butun tarix davomida insoniyat o’z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan iloji boricha ko’proq va tez foyda olishga harakat qilib kelgan. Keyingi asrda insonning biosferaga ko’rsatadigan ta’siri juda kuchayib ketdi va o’tkir muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko’plab o’simlik va hayvonlarning turlari yo’qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko’llar, o’rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o’zgarishlar o’simliklar va hayvonot olamiga, insonning o’ziga ham kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Biz ushbu maqolamizda Insonning biosferaga ta’siri haqida fikr yuritamiz.
Перевод пока недоступен