INGLIZ TILIDAGI MATNLARNING GENDER XUSUSIYATLARI (JURNAL INTERVYULARI ASOSIDA)
Аннотация
Gender munosabatlari tilda namoyon bo'lib, tilshunoslik fanlarining turli sohalarida o'rganiladi. Ushbu maqolamizda matnning gender xususiyatlarini aniqlash va hisobga olish bilan birga uning jurnallarning intervyularida muhimligi oydinlashtirilgan. Ma'lumki, bugungi kunda "gender" tushunchasiga aniq ta'rif mavjud emas. Buning sababi o'rganilayotgan hodisaning yoshligi va murakkabligi bilan bevosita bog'liq. Gender tushunchasi nafaqat tilshunoslik balki, psixologiya, antropologiya, tarix, siyosatshunoslik kabi fanlarning o'rganish obyekt maydoni bo’lib xizmat qiladi. Ushbu maqolamiz orqali, gender tushunchasi va unga doir terminlarning jurnal intervyularda ishlatilish o’rni va xususiyatlariga to’xtalamiz.
Перевод пока недоступен