13-14 YOSHLI FUTBOLCHILARNING CHIDAMKORLIGINI OSHIRISH
Аннотация
Futbol sport turi bilan muntazam shug‘ullanish bolalarning chidamlilik darajasini oshiradi. Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash vositalari, usullari va uslublarining samarali tizimi o‘rganishni hamda ilmiy asoslab berishini taqozo etadi. Tadqiqot mavzusining tanlanishi ham aynan shunga bog‘liq bo‘lib, uning bugungi kunda dolzarbligi shubha uyg‘otmaydi.Muammoning o‘rganilganlik darajasi<em>.</em> Hozirgi kungacha futbolchilarni jismoniy tarbiyalash yuzasidan qator mutaxassislar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ularda yoshga xos xususiyatlar, yuklamalarni me'yorlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, organizmning funksional qobiliyatlari, chidamlilikni rivojlantiri masalalari tadqiq qilingan. Biroq, bu ilmiy ishlarda BO‘SM tayyorgarlik guruhida yosh futbolchilarning chidamliligini rivojlantirish masalalari yoritilmagan.
Перевод пока недоступен