Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TELESPEKTAKLNING JANR VA FUNKSIONAL JIHATDAN O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

ABI

Аннотация

Manbalar shuni ko‘rsatadiki, televideniye dastlabki paydo bo‘lgan paytda texnik imkoniyatlar hozirgidek takomillashmagan edi. Shuning uchun ham o‘sha davr ijodkorlari mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, asosan, informatsion dasturlarga urg‘u berishgan. Dam olish dasturlari sifatida telekonsert, hujjatli filmlar, badiiy filmlar namoyish etilgan. Keyinchalik telespektakl ekran yuzini ko‘ra boshladi. Mazkur maqolada telespektakl janrining televideniyeda paydo bo‘lish omillari ta’kidlab o‘tildi. Telespektakl va teleinssenirovka janrining farqli jihatlari, telespektaklning o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, telespektakl janrining rus, o‘zbek va qoraqalpoq jurnalistikasida ilmiy tadqiq etilishi haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston televideniyesida sahnalashtirilgan asarlarning yuzaga kelishi, shu bilan birga aynan tadqiqot obyekti bo‘lgan Qoraqalpog‘iston televideniyesida telespektakllarning namoyish etilish tarixi qisqacha talqin qilindi. Televizion sahna asarini tayyorlashdagi texnik imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Madaniy qadriyatlarni targ‘ib etishda ayrim vazifalar keltirildi. Telespektaklga qo‘yilgan asosiy talablar va teatr spektaklidagi farqli jihatlari hamda funksiyalari sanab o‘tildi. Bevosita ilmiy-amaliy tahlillar natijasida maqola muallifi tomonidan telespektakllarning klassifikatsiyasi tavsiya etildi. Unda telespektaklning uzatilish shakli, asar mavzusi inobatga olindi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0