ERKIN VOHIDOV IJODIDA INTERTEKSTUALLIK
Аннотация
Dunyo tilshunosligida matnni inson tafakkuri mahsuli sifatida uning yaratuvchisi, qabul qiluvchisi bilan kompleks tarzda o‘rganish psixolingvistik, sotsiolinvistik hamda pragmalingvistik tadqiqotlarning amalga oshirilishiga imkon yaratdi. Matnning yaratilishi, uning idrok qilinishi, tushunilishi kabi masalalar dolzarb muammo sifatida talqin qilinmoqda. Qayd etish joizki, bu yo‘nalishda dunyo tilshunosligi qator yutuqlarga ham erishdi. O‘zbek tilshunosligida ham dunyo tilshunosligining yangi ilmiy paradigmalari asosida badiiy matn tadqiqi doirasi kengaydi, uning mazmuniy idrok qilinishi, kitobxon tafakkurini boyitishi va nutq madaniyatini oshirish kabi jarayonlarga ta’sirini o‘rganishga jiddiy kirishildi. Badiiy matn persepsiyasi va bu jarayonga intertekstuallik hodisasining ta’sirini o‘rganish ham badiiy asar tahlili, matnning o‘ziga xosligi, kitobxon uchun foydali jihatlarini aniqlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuningek, badiiy matndagi intertekstual birliklarni aniqlash, ularning mazmuniy persepsiyaga ta’siri masalasini o‘rganish tilning yangi, lekin tadqiq qilinmagan jihatlarini aniqlashga imkon beradi.Ushbu maqolada badiiy matndagi intertekstuallik tushunchasi, uning o‘rganilishi o‘zbek adabiyotida, xususan, Erkin Vohidov she’riyatidagi turlari misollar yordamida tahlilga tortilgan. “O‘zbegim” qasidasidagi intertekstuaallik va uning turlari hamda badiiy matn tushunilishi haqida xulosalar chiqarilgan.
Перевод пока недоступен