Перейти к основному содержанию
Статья

ZAMONAVIY JAMIYATDA INFORMATIKA VA MATEMATIKANI O'RNI

ABI

Аннотация

Informatika va AT o’quv predmetini o’qitish ilmiy-texnik jihatdan yanada rivojlanish uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi, Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi kompetensiyasi va madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va AT qonunlarini amalda qo’llashni o’rganadilar. Fanni o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, olamning yagona manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari fanida olgan amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik hayot faoliyatlarida foydalanish ko’nikmasini shakllantirishni ko’zda tutadi. Jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o’zlashtirish va amalda qo’llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biridir.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0