Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

FE'L ASOSLI GAPLARNING OBYEKT VALENTLIGI

ABI

Аннотация

<strong>ANNOTATSIYA </strong> O‘zbek tilidagi fe’llar holat fe’llari tipik bo‘lgan o‘timsizligi bilan emas, balki o‘timliligi bilan ham o‘ziga xosdir. Shunga ko‘ra ushbu holat fe’llari obyekt valentligiga ega bo‘ladi. Holat fe’li asosli gaplarda obyekt valentligi (obyekt aktantni-ishtirokchisi) vazifasidagi predmet muayyan holatdagi predmet sifatida kuzatiladi. Uning holatga ega bo‘lishi agensning obyektga bevosita ta’siridan yuzaga keladi. Qiyoslang: <em>asramoq, qoplamoq. </em>Ayni vaqtda ob’yekt aktanti agens holatining qanday predmet ta’sirida yuz berishini ham ko‘rsatadi. Bu holda avvalgisidan farqli holat agensniki bo‘ladi. Qiyoslang: <em>poylamoq, qo‘riqlamoq</em>. Demak, o‘timli holat fe’llarining obyekt aktanti ham muayyan holatdagi predmet ham agens holatining predmeti bo‘lishi bilan muhimdir. O‘timli fe’llardan anglashilgan holat agens va obyekt bilan bog‘lanishi jihatidan o‘timli holat fe’llari semantik valentligiga ko‘ra agens va obyekt valentliklariga ega bo‘ladi. O‘zbek tilidagi o‘timli holat fe’llarining obyekt valentligini ifodalovchi so‘z tushum kelishigi bilan shakllanadi. O‘zbek tilidagi “harakat natijasi”, “ijro”, “malaka”, “obrazli”, “fiziologik” va “psixik” integral semali o‘timli holat fe’llari obyekt valentligiga ega. O‘timli holat fe’llarining obyekt valentligi – obyekt aktanti vazifasida shaxs, inson a’zolari, sath, mavjudot, havo qatlami, harakat, o‘simlik, qurilma, boylik, qurol, muammo, ichimlik kabilar keladi. Maqolada o‘timli holat fe’llarining qayd etilgan obyekt ishtirokchisi - uni ifodalovchi lisoniy birliklarning har biri semantik, formal va struktrural jihatdan alohida tahlil va tadqiq qilinadi. <strong>Kalit so‘zlar:</strong> o‘timli holat fe’li, valentlik, obyekt, aktant, agens, integral sema.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0