O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi
Аннотация
Mazkur maqolada davlat hokimiyati tizimida ijro etuvchi hokimiyatning, uning yadrosi hisoblangan hukumatning, shu bilan birga Bosh vazirning huquq va vakolatlarini, ularning mas’uliyatini kuchaytirish bo’yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, bunda, mamlakatimizda 2002-yil 27-yanvarda bo’lib o’tgan referendum yakunlari natijasida 2003-yil 24-aprelda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shinchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun bilan Konstitutsiyaning 98-moddasi yangi tahrirda qabul qilinishi orqali, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonunning 2019-yil 10-dekabrda yangi tahrirda qabul qilinishi bilan Hukumat faoliyatida Bosh vazirning huquqiy maqomi va shu bilan birga mas’uliyatini oshirish borasidagi islohotlar yangi bosqichga ko’tarilganligi keltirib o’tilgan. Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz ijro hokimiyati tizimiga bir qator o’zgarishlar kiritilganligi, jumladan, Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimi tugatilib, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilishi va uning faoliyati uchun shaxsan javob berishiga oid norma kiritilganligi, shu bilan birga, Bosh vazir nomzodini ko’rib chiqish uchun kiritishda, maslahatlashuv institutining joriy etilganligi, hukumat faoliyati ustidan parlament nazorati institutlari, jumladan, ishonchsizlik votumi instituti joriy etilganligi va eng muhimi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatida Bosh vazirning nufuzi sezilarli darajada ortganligi, amaldagi qonunchilikni tahlil etish orqali yoritib berilgan. Shu bilan birga, ijro etuvchi hokimiyat va hukumat faoliyatlarini tadqiq etgan milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning fikrlari, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hukumat va ularning rahbarlari haqida ham qisqacha bayon etilgan.
Перевод пока недоступен