KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA HOSIL BO'LADIGAN CHIQINDI SUVLARNI TOZALASH VA QAYTA ISHLASH USULLARINI O'RGANISH
Аннотация
<em>Ushbu tezis kimyoviy ishlab chiqarishning katta va kichik sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarni qayta ishlash va ulardan turli maqsadlar uchun foydalanish mumkin bo’lgan tozalikka erishish mavzusida fikr yuritadi. Hozirgi kunda dunyo miqiyosida toza suvning tanqisligi mavjud bo’lib, global iqlim isishi jarayoni bilan birgalikda ushbu suv yetishmasligi yanada kuchayib bormoqda. O’z navbatida insoniyatning ko’payishi uning suv bilan birgalikda oziq-ovqat maxsulotlari, kiyim-kechak va boshqa kundalik maxsulotlarga bo’lgan extiyojini ortishiga olib keladi. Ushbu extiyojlarni qondirish uchun esa kimyoviy korxonalarning o’rni beqiyosdir, o’z navbatida ushbu korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarida sarflanayotgan suvning miqdori kattaligini xisobga olib, uni qayta ishlash va turli maqsadlardagi extiyojlarda undan foydalanish juda muxim sanaladi. </em>
Перевод пока недоступен