Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Другое

INNOVATSION RIVOJLANIShNI TA'MINLAShDA AQSH VA JANUBIY KOREYA MAMLAKATLARI TAJRIBASINING AYRIM JIHATLARI.

F.B.ShakirovaL.U.AkbarovaToshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi
ABI

Аннотация

Jahonda an’anaviy, cheklangan, takror ishlab chiqarilmaydigan iqtisodiy resurslar hajmi qisqarib borayotgan sharoitda iqtisodiyotni innovatsion omillar asosida barqaror o‘sishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyotida barqaror iqtisodiy o‘sishni innovatsion omillar hisobiga ta’minlashda Shveysariya, Shvesiya, Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Singapur, Finlyandiya, Germaniya va Irlandiya (global innovatsion indeks bo‘yicha yetakchi)<sup><sup>[1]</sup></sup> kabi mamlakatlarda boy tajriba to‘plangan. Dunyo aholisining o‘sib borishi, ekologiyani yomonlashuvi, investitsion faollikning kuchayishi, iqtisodiy o‘sish sifatini yaxshilash, inson kapitali va eng ilg‘or, yuqori texnologiyalarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o‘tishni taqozo etmoqda. Zero, «Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.»<sup><sup>[2]</sup></sup> Darhaqiqat, O‘zbekistonda innovatsion menejment strategiyalarini amalga oshirishda xorijiy tajribani o‘rganish va ularning isbotlangan ijobiy jihatlari yuzasidan chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishi lozim. Mamlakat tovar eksporti tarkibida yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ulushini oshirish, innovatsiyalarni amaliyotga qo‘llashni jadallashtirish va tijoratlashtirish shular jumlasidan. [1] The Global Innovation Index 2017 «Effective Innovation Policies for Development». Tech Connection 2017, Taylor Vinters Eden Hall September 22, 2017 [2] Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлиcга Мурожаатномаси. -Тошкент: Ўзбекистон, НМИУ, 2018. б.20.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0