Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Другое

ALLYUVIAL O'TLOQI TUPROQLAR SHAROITIDA ISTIQBOLLI NIYAT G'O'ZA NAVINING SUVTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI

ABI

Аннотация

<em>O’zbekiston</em><em>da suvdan samarali va maqsadli foydalanish bo’yicha keyingi yillarda keng ko’lamda ishlar olib borilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo’lgan ehtiyoj o’sib borayotgani qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda. Dunyo qishloq ishlab chiqarishida sug’orishning zamonaviy texnologiyalari jadal ravishda qo’llanila boshlagan va bu texnologiyalar o’z samarasini ko’rsatayotgan bo’lsada, O’zbekistonda hozircha egatlab sug’orish usuli keng maydonlarda qo’llanilmoqda. Shuning uchun egatlab sug’orish usulini takomillashtirish orqali g’o’zani sug’orishda tuproqning ortiqcha namlanishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilmoq kerak, chunki sug’orish uzoq muddatda va katta me’yorda o’tkazilganda o’simlik bo’yi o’sib, g’ovlab ketishiga, hosil tugunchalarining to’kilishiga hamda tuproqdagi oziqa moddalar suv bilan birga yuvilib ketishiga sabab bo’ladi. Shundan kelib chiqib, g’o’zani sug’orishda egatlab sug’orish texnologiyasini takomillashtirish orqali suv resurslarini tejashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish muhim vazifadir. Maqolada egatlab sug’orishning turli usullarini qo’llagan holda, ularning suvni tejash imkoniyatlari va g’o’za hosildorligiga ta’siri yoritilgan.</em>

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0