Xarakter aktsentuatsiyalari va deviant xulq-atvor
Аннотация
Bolalar va o’smirlarda deviant xulq-atvorining shakllanishiga xarakter aktsentuatsiyasi sabab bo’lishi mumkin. Quyida biz aktsentuatsiyaga xos bolgan deviant xulq-atvorlarni taqdim etamiz. Beqaror tip. Bolaligidan bunday bolalar quloqsiz, notinch, hamma narsaga aralashishni yaxshi ko’salar-da, ayni paytda ular qo’rqoq, jazolanishdan qo’rqishadi va shuning uchun ham boshqa bolalarga osongina bo’ysunadilar. Salbiy jihatlari: irodasizlik, vaqtini behuda o’tkazish, bo’lar-bo’lmas o’yin-kulgiga intilish, sergaplilik, maqtanchoqlik, ko’pchilikni gapiga qo’shilib ketish tendentsiyasi, ikkiyuzlamachilik, qo’rqoqlik, mas’uliyatsizlik. Ushbu psixotipning zaif jihatlari: qarovsizlik, nazoratsizlik ba’zan jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu tipdagi deviant xulq-atvorga kriminal (o’g’irlik, bezorilik) va addiktiv xulq-atvor xos.
Перевод пока недоступен