TIJORAT BANKLARI AKTIVLARI SAMARADORLILIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Аннотация
Respublikamiz hududlarida bank tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ularning ko`lamini kengaytirish borasida olib borilayotgan keng chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash, ishlab chiqarish va modernizatsiyalash, texnik va texnalogik jihatdan qayta jihozlashni ta`minlash, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bank tizimi milliy iqtisodiyot ravnaqini belgilovchi asosiy mexanizmga aylanib borayotganligi zamonaviy bank mahsulotlari qatorida aktivlarning sifat darajasini, samaradorligini oshirishni taqazo etmoqda. Banklarning muxim funktsiyalaridan biri bu - kreditlash jarayonida ishtirok etishdan iboratdir. Bunga yaqqol misol sifatida 2022- yil 1-yanvar holatiga tijorat banklari kreditlarning aktivlardagi ulushi 73.8 foizni tashkil qilganligi ham gapimizning yaqqol isboti. Quyida esa tijorat banklarining aktiv operatisyalari daromadliligi bo’yicha turlarga ajratilishi ko’rib o’tamiz.
Перевод пока недоступен