XAVFSIZ TURIZMNI TA’MINLASH SOHASI TERMINLARIDA KO‘P MA’NOLILIK, SINONIMIYA VA OMONIMIYA HODISASI
Аннотация
Hozirgi vaqtda ilm-fanning jadal rivojlanishi va integratsiyalashuvi natijasida ko‘plab yangi terminlar o‘zbek tiliga kirib kelmoqda. Ushbu maqolada xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga oid terminologiya masalalari hamda til leksik qatlamini boyituvchi polisemiya, omonimiya va sinonimiya hodisalariga e‘tibor qaratildi. Termin haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar, u bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari va uning sohada qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqildi, umumiy tilda bir-birining o‘rnini bosuvchi ko‘pgina so‘z va so‘z birikmalarining sinonimik tarjimalariga izoh berildi. Soha terminologiyasidagi polisemiya, omonimiya, sinonimiya, ma’no torayishi va kengayishi hodisalari muhokama qilindi hamda tildan foydalanuvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan chalkashliklarni oldini olish maqsadida misollar orqali yoritib berildi. Terminologiya bo‘yicha jahon tilshunosligida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, maqola orqali qilingan xulosalar o‘zbek terminologiyasini yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен