Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

IKKILAMCHI INTERPRETATSIYA IDIOMATIKLIKNING ASOSI SIFATIDA

Akmal YuldashevUzbekistan State World Languages University
ABI

Аннотация

Maqola til, tafakkurning o‘zaro aloqadorligi va undagi idiomatik birliklarning roliga bag‘ishlangan. Xususan, idiomatik til birliklarini tahlil qilish ularning ikkilamchi interpretatsiya natijasida qanday shakllanganligini aniqlashga imkon beradi. Biroq idiomatik birliklar o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi, ular olamni bilishning ikkilamchi interpretatsiyasiga asoslanadi. Har bir til egasi olamni o‘ziga xos tarzda idrok etadi. Idiomatik birliklarni o‘rganish predmetning qaysi xususiyati aniq va o‘ziga xos holatda qabul qilinishini aniqlash imkonini beradi. Inson olgan bilimlari asosida vaziyatni qiyoslaydi va baholaydi, so‘ng uni nutqda verballashtiradi. Shunday qilib, olamni idrok etish, bilish va tasniflash usullarining kombinatsiyasi va olam haqidagi bilimning ikkilamchi interpretatsiyasi til egalarining madaniyati, urf-odatlari va tarixiga hurmat ko‘rsatadigan tilning noyob idiomatik birliklarini shakllantirishga olib keladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники