Talabalarning kasbiy kompetentligi tizimida sotsio-kulturologik malakani shakllantirish muammolari
Аннотация
Ilmiy maqolamizda talabalarning professional kompetentligi va sotsio-kulturologik malakasini shakllantirishdagi muammolar haqida so‘z yuritiladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya - bu shaxsning integral xususiyati bo‘lib, u turli til jamoalari vakillariga nisbatan bag‘rikenglik va ochiq munosabatning mavjudligi, uning ijtimoiy-madaniy faoliyatga nazariy va amaliy tayyorligi, unga nisbatan shaxsan ongli ijobiy munosabatda bo‘lishi ifodalanadi. Madaniyatlararo muloqot sharoitida aniq kasbiy vazifalarni samarali hal etishga qaratilgan chuqur va mustahkam bilim, malaka va tajribaning mavjudligi e’tiborli jihatdir. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya samarali madaniyatlararo muloqotga yordam beradi, boshqa millatning hissiy va kognitiv xususiyatlarini tushunishga imkon beradi va milliy eksklyuzivlik mafkurasi shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiyani shakllantirish shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglash, o‘z madaniyatining barcha qirralarini tushunish, uni boshqa xalqning madaniyati va tili bilan taqqoslashga yordam beradi.
Перевод пока недоступен