MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA STEAM TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Anotatsiya: Ushbu maqolada STEAM texnologiyasining maqsadi, mazmuni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar, takliflar keltirilgan. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek yuqoridagi beshta sohani yagona ta’lim tizimida integratsiyalashuviga asoslangan. STEAM texnologiyasining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o‘rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak bo‘ladi. Faqat guruh devorlarida o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam bo‘la olmaydi. STEAM yondoshuvining boshqa yo‘nalishlardan asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari “uqib oladilar”. STEAM ta’limi faqat o‘qitish usuligina bo‘lib qolmaydi u fikrlash tarzi hamdir.
Перевод пока недоступен