Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish mexanizmlari (ingliz tili materiallari asosida)
Аннотация
Ushbu maqola bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish mexanizmlariga bag‘ishlangan. Ma’lumki, kundalik hayotda o‘quvchilar bir-biri bilan ingliz tilida muloqot qilishlari mumkin. Ular ingliz tilida fikr almashish, munozaralar o‘tkazish, turli o‘ziga xos materiallardan foydalanish, gapirish va tinglash kabi mashqlar va vazifalarni bajarish orqali o‘zlarining muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. Darhaqiqat, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarning o‘rnatilishi og‘zaki muloqotni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Sababi, o‘quvchilar nutq ko‘nikmalarini, muloqot madaniyatini asosan pedagoglardan o‘rganadilar.
Перевод пока недоступен