Lingvo-poetika Disiplinin Ortaya Çıkışı ve Alanla İlgili Teorik Meseleler
Аннотация
Til kishilik jamiyatining ruhiyati va faoliyatini turli nuqtai nazarlardan tadqiq etuvchi murakkab oziga xos xodisadir. XX asr dunyo filologiyasida eng samarali yutuqlardan biri tilni tizim sifatida organishni yolga qoyilganligidir. Tilshunoslikda yangi soha yonalishlarining yuzaga kelishi ilmiy tadqiqotlar maydonining kengayishiga olib kelmoqda. Sof ilmiy lingvistika til faktlari tahlili bilan bogliq bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarda kozga tashlanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar ikki va undan ortiq fanlarning hamkorligida amalga oshirilishi bois sotsiolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik kabi yangi fan tarmoqlari vujudga kelmoqda. Lingvopoetika sohasining yuzaga kelishida tilshunoslik fanining adbiyotshunoslik bilan hamkorligi natijasida yangi termin va u bilan bogliq tushunchalar doirasi kengayishiga olib keldi.Badiiy asarning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq qilish nafaqat dunyo tilshunosligi, balki ozbek tilshunosligining ham hozirgi paytdagi muhim masalalaridan biridir. Ushbu sohaning mundarijasi haqida soz borganda hali ozining toliq yechimiga ega bo‘lgan va tadqiqot chegaralari mukammal darajada belgilangan deyishlik qiyin masala. Maqolada lingvopoetika sohasining yuzaga kelish tarixi haqida so‘z boradi. Lingvopoetikaning tadqiqot ob‘yektlari haqida ma‘lumot beriladi.
Перевод пока недоступен