"ISYON VA ITOAT" ROMANI VA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR
Аннотация
Ushbu maqolada jahon adabiyotidagi mavjud an’analarning keyingi yillar romanchiligiga ham o‘z ta’siri haqida so‘z yuritiladi. “Isyon va itoat” romani haqidagi mulohazalardan ko‘rinadi-ki, har bir adabiyotshunos romanga o‘ziga xos tarzda yondashadi. Roman sujetidagi qahramonlar iztirobi, ularning o‘zini anglash yo‘lidagi murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tishi ham mahorat bilan talqin etilgan. “Isyon va itoat” romanida esa isyon va itoatning inson botinidagi kurashlari orqali yoritishga intilganligini kuzatamiz. Asardagi Tabib, Akbar obrazlaridagi o‘ziga xosliklar bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy muhitdagi o‘rni orqali, mulohazalari, ruhiyatidagi ziddiyatlar zamirida isyon va itoat tushunchalari talqin etiladi.
Перевод пока недоступен