Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Fundamentals of interaction with law enforcement agencies in teaching criminal law

Z.Y KhamrakulovKokan State Pedagogoical instiute
2023en
ABI

Аннотация

Dunyo mamlakatlarining har biri o‘z milliy huquqiy tizimiga ega bo‘lib, ularning milliy-davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishi, siyosiy boshqaruv tartiblari boshqalarnikidan muayyan darajada farq qiladi. Mazkur farqlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham taalluqlidir. Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidagi xilma-xillik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlari, huquq va majburiyatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat boshqaruv tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, har bir organ qonunda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi. Sohada xizmat qiluvchi xodimlar huquq-tartibotni ta’minlash bilan cheklanmasdan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishiga ham o‘z hissalarini qo‘shishadi. Ular ta’limda o‘z yordamlarini berishlari mumkin. Bundan talabalar kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda ularning o‘z kasbiga qiziqishini oshirishda foydalanish mumkin. Jumladan, jinoyat huquqi fanidan darslar tashkil etilishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish samarali ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning zaruriyati ushbu maqolada ochib berilgan. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda tavsiya etiladigan mavzular o‘rin olgan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0