"The history of construction and production activities of the bukhara spinning and textile plant"
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida tashkil etilgan to‘qimachilik sanoatining yirik ip-gazlama kombinati va tumanlarda faoliyat yuritgan to‘qimachilik va ip-yigiruv fabrikalari tarixi haqidagi adabiyotlar, arxiv ma’lumotlari, shaxsiy muloqotlar ilmiy tahlil qilinib, Buxorodagi ip-gazlama kombinati tarixi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Buxoroda ip-gazlama kombinatining qurilishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Kombinat qurilishi bilan unga yaqin bo‘lgan hududlarda maktablar, kasalxonalar, bog‘chalar, yotoqxonalar, ishchilar uchun turar joylar, dam olish maskanlari qurilib, shahar obodonlashtirilgan. Ko‘plab oilalarning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qildi. Yengil sanoatning muhim tarmog’i bo‘lgan to‘qimachilik sanoati Buxoro shahrida va tumanlarida aholiga qulay joyda tashkil etildi va aholi ish bilan ta’minlangan jihatlar tahlil qilingan.
Перевод пока недоступен