"Bioethics: significance in the science-technology and production process (social-philosophical analysis)"
Аннотация
Ushbu maqolada bioetika jamiyatning moddiy va ma’naviy paradigmasi sifatida tahlil qilingan bo‘lib, xozirgi zamon jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida zamonaviy bioetika va biotexnologiya ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy yo‘nalish ekanligi tahlil qilingan. Shu bilan birga “Jamiyat-ijtimoiy, gurrux-inson” tizimida bioetika qadriyatlarining ishlab chiqarish jarayonidagi axamiyati ochib berilgan. Bioetika va biotexnologiyaning fan-texnologiya va ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati biologiyada xususan, (mikrobiologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo va h.k.) va muhandislik fanlari yutuqlari asosida paydo bo‘lgan. Bioetika va biotexnologiyaning rivojlanishi, o‘z navbatida unga tegishli bo‘lgan bir necha fanlar bo‘yicha olib boriladigan ilmiy-amaliy izlanishlarni jadallanishiga olib keldi. Ayniqsa mikroorganizmlar asosida xilma-xil fiziologik faol moddalarni sintez qilish, buning uchun kerakli va ijtimoiy-iqtisodiy samara beradigan, raqobatbardosh mikrob produsentlarni yaratish, ulardan kerakli mahsulotni ajratib olishni yo‘lga qo‘yish, shu maqsadda o‘simlik va hayvon hujayra va to‘qimalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha erishilgan yutuqlar yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Biotexnologiya ko‘p tarmoqli bo‘lganligi uchun ham, uni barcha yo‘nalishlarini bir maqolada yoki ma’lum bir ilmiy tadqiqot ishida ochib berish ancha muammoli vazifa. Bioetik va biotexnologik jarayonlar taraqqiyotida bu yo‘nalishning tarixi, kechagi, bugungi holati va ertasi haqida fikrlar berilgan. Maqolada zamonaviy bioetik va biotexnologik jarayonlarnig ilmiy, amaliy va uslubiy asoslarini yoritishga harakat qilingan, xususan, global axborotlashgan makonda biotexnologik jarayonlar taraqqiyotining ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va uning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlari mamlakatning taraqqiyot garovi ekanligi yoritib berilgan.
Перевод пока недоступен