INGLIZ АDIBI T. SMOLLETNING “HАMFRI KLINKERNING SАYOHАTI” ROMАNIDА MUАLLIF POZITSIYASI
Аннотация
Maqola XVIII asr ingliz adabiyoti vakili Tobayas Smollet (Tobias Smollett)ning “Hamfri Klinkerning sayohati” (The Expedition of Humphry Clinker) romanini va asardagi muallif pozitsiyasining tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada mavzuga oid jahon adabiyotshunoslarining tadqiqotlariga ham murojaat qilingan. Shuningdek, “Hamfri Klinkerning sayohati” epistolyar romani Smolletning “Fransiya va Italiya bo‘ylab sayohat” (Travels through France and Italy) non-fikshn asari bilan muqoyasa qilinib, bu ikki asar janr va mavzu jihatidan yaqinligi, bir-birini to‘ldirishi aniqlandi. Smollet romanining epistolyar shakli boshqa maʼrifatchi adiblarning epistolyar romanlariga yaqin bo‘lsa ham, ulardan farqli o‘laroq, mazkur asarda voqea-hodisa bir emas, bir necha qahramonlar bitgan maktublar orqali tasvirlanishi va ularga turlicha baho berilishi adibning o‘ziga xos eksperimenti, deb hisoblash mumkin. Smollet ushbu asarida XVIII asr Buyuk Britaniyaning iqtisodiy, siyosiy, maishiy hayotini yorqin tasvirlab bergan. Аsarda Smollet maʼrifatparvar sifatida fan va maorif, madaniyat va adabiyot masalalariga ham o‘z diqqatini qaratadi. Muallif Met’yu Bramblning maktublari orqali yumor, satira va kinoyani qo‘llagan holda o‘z zamonasining dolzarb muammolarini yoritib beradi. Smolletning maʼrifatchilik g‘oyalari va umuman asarlaridagi muallif pozitsiyasi aynan ushbu obraz orqali berib boriladi.
Перевод пока недоступен