Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKDA PRETSEDENT NOMNING STEREOTIP, ETALON, RAMZ BILAN MUNOSABATI (iboralar misolida)

Mukhlisakhon SAYDALIEVAInstitute of Uzbek Language, Literature and Folklore
ABI

Аннотация

Lingvomadaniyatshunoslik fani asosida stereotip, etalon, ramz singari qator muammolar tadqiqi yotadi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda bu tushunchalar tahlil etilsa, ular bo‘yicha qarashlar bir-biridan jiddiy farq qilishini, bir tushuncha boshqasi bilan adashtirilishini kuzatamiz. Pretsedent nomlar yuqori informativ, ekspressiv va allyuziv xarakter kasb etishi sababli ham ular orqali stereotip, etalon va ramz munosabati va farqlari aniqroq gavdalanadi. Atoqli otning stereotip, etalon va ramzlar tizimidan joy egallashi aynan shu nomning pretsedentga aylanganini ko‘rsatadi. Pretsedentlikning shartlaridan lingvomadaniy jamiyat vakillari lisoniy xotirasidan mustahkam o‘rin eganlaganlik va diskursda qayta-qayta jonlanish xususiyati ham shu yo‘llar bilan namoyon bo‘ladi. Stereotipda bir tushuncha atrofida muayyan qoliplashgan fikrlarning umumlashishini kuzatsak, ramzda atoqli otningning majoziylik (voqelikdan uzoqlik) xususiyati kuchli ifodalanadi; etalon bo‘lsa, pretsedent nomning aynan o‘zi ishtirok etgan va barchaga yaxshi tanish bo‘lgan bir jihat yoki xususiyatning o‘lchov me’yori, namunasiga aylanganidan dalolat berishini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra mazkur maqolada pretsedent nomlar orqali stereotip, etalon va ramz munosabatini ochishga, ular o‘rtasidagi tafovutlarni yuzaga chiqarishga e’tibor qaratildi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0