Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BOSMA VA INTERNET NASHRLARIDA SIYOSIY PORTRET: XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA

Yorqinoy KomilovaJournalism and Mass Communication University of Uzbekistan
ABI

Аннотация

Siyosiy portret tushunchasi, shakllanishi, rivojlanishi, evolyutsiyasini tadqiq etish jarayonida siyosiy yetakchilarning davlat boshqaruvi va xalq o‘rtasidagi muloqoti dolzarb sanaladi. Mazkur uzviylikni taʼminlashda OAVning tarixiy, og‘zaki va yozma shakllaridan tortib bugungi kunga qadar taraqqiyotida jamiyatga yangilik berilishi muhim hisoblanadi. Axborotning asosiy mohiyatida siyosiy shaxsning farmon, qarorlari aks etib, mamlakat miqyosidagi o‘zgarishlar ko‘lami orqali siyosiy arbobning portretini tasavvur qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan mazkur maqolada siyosiy portretning iyerarxik bosqichlari, bosma va internet nashrlaridagi talqini tahlil qilingan. O‘zbekiston va xorijiy nashrlarda chop etilgan manbalarda muallif “men”i, uslubi, mahorati, fikriy, hissiy yondashuvi o‘rganilgan. Siyosiy shaxslarning davlat boshqaruvidagi o‘rni, roli, pozitsiyasi, dunyoqarashi, qobiliyati, siyosiy maydondagi “obraz”i, imiji ifodalangan. Materialda muallif tomonidan demokratik, xolislik, haqqoniylik, xalqchillik tamoyillarining yoritilishi, taʼsirchanligi manbalar misolida berilgan. Jurnalistika nazariyasida siyosiy portret janrining dolzarbligi, metodologik usullari qiyosiy tadqiq etilgan

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0