Sug‘urta bozori bo‘yicha risklarni baholash va obyektni sug‘urtaga qabul qilishda anderrayting xizmatining tutgan o‘rni
Аннотация
Sug‘urta bozori sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasidagi oldi-sotdi jarayonida hosil bo‘ladigan munosabatlarmajmuidir. Dastlabki sug‘urta bozorida ishtirokchilar zamonaviy sug‘urta bozoriga nisbatan kam bo‘lgan. Zamonningshiddat bilan rivojlanishi oqibatida insoniyat taraqqiyotiga mos holda sug‘urta sohasi ham rivojlanib bormoqda.Zamonaviy sug‘urta bozori va sobiq sug‘urta bozori o‘rtasida anchagina tafovut mavjud. Zamonaviy sug‘urta bozoriishtirokchilari va ularning vazifalari jamiyatdagi murakkab xavf-xatarlarga moslashgan holatda kengayib bormoqda.Sug‘urta bozori pul munosabatlarini o‘zida aks etiradi. Sug‘urta bozoridagi talab insoniyat yashash tarzini rivojiga moslashadi.Sug‘urta bozorida bir tarafdan sug‘urta xizmatlari taklifi bilan sug‘urta tashkilotlari qatnashadi, ikkinchi tarafda sug‘urtalanuvchilarva sug‘urtalovchilarni manfaatlarini kesishishiga xizmat ko‘rsatib, daromad oluvchi sug‘urta bozori ishtirokchilariqatnashadi. Bu ishtirokchilar sug‘urta vositachilari deb ataladi.
Перевод пока недоступен