BOLALARDA KASALXONADAN TASHQARI PNEVMONIYA TASHXISINING RETROSPEKTIV TAHLILI
Аннотация
Bolalar orasida kasallanish ko‘rsatkichi va asoratlari bo‘yicha nafas olish tizimi kasalliklari pediatriyada dolzarb muammolardan biri sifatida qolmoqda. Tadqiqot maqsadi - bolalarda kasalxonadan tashqari pnevmoniya tashxisini retrospektiv tahlil qilish. Material va uslublar. Kasalxonadan tashqari pnevmoniya tashxisi bilan TTA ko`p tarmoqli klinikasi bolalar pulmonologiyasi bo`limida 2019-2022yy. davolagan 3-18 yoshdagi bolalarning kasallik tarixini retrospektiv tahlil qilindi. Natijalar.Ma`lum bo`ldiki, bugungi kunda klinik amaliyot uchun kasalxonadan tashqari bacterial pnevmoniyani virusli turidan farqlashda quyidagi o`z echimini talab etuvchi qiyinchiliklar mavjud: ya`ni antibiotiklarni bacterial ekmadan oldin qo'llash; kichik yoshdagi bolalarda nafas olish yollaridan balgamning ishonchli namunasini olishning qiyinligi; molekulyar tashxis usulining tor doirada qo`llanilishi. Bemor bolalarda pnevmoniya etiologiyasini aniqlashda yuqori darajada o'ziga xoslik va sezuvchanlikka ega bo'lgan tashxis testlarini ishlab chiqish tibbiy yordam muassasalari faoliyati uchun yuqori samara bo`lib hisoblanadi.
Перевод пока недоступен