Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ANTIBIOTIKLAR TA`SIR DOIRASIGA KO'RA KLASSIFIKATSIYASI

ABI

Аннотация

Ushbu maqolada antibiotiklar o‘rganilib tahlil qilindi. Antibiotiklar (anti-qarshi va bios–hayot) – baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Mas, bir antibiotik maʼlum bir mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0