OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASA KURSANTLARIDAGI RUHIY BIRDAMLIKNI TADQIQ ETISHNING PSIXOLOGIK TAXLILI
Аннотация
dunyo tajribasidan ma’lumki, harbiy jamoalardagi ruhiy birdamlik
yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlar ko‘plab rivojlangan davlatlar armiyalarining
diqqat e’tiborida bo‘lib, mamlakat mudofaasi va xavfsizligi hamda harbiy boshqaruv
uchun mas’ul bo‘lgan soha vakillari bo‘lmish bo‘lajak ofitserlardagi ruhiy birdamlikka
ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etish yuzasidan ko‘plab ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunda harbiy xizmatchilarning ruhiy tayyorgarligini
mustahkamlashda psixoprofilaktika va psixokorreksiya ta’sir usullarining
samaradorligini oshirish muhim ilmiy ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ilmiy maqolada
Oliy harbiy ta’lim muassasa kursantlar harbiy jamoalaridagi o‘quv va xizmat
faoliyatidagi turli ekstremal vazifalarni o‘z vaqtida muvofaqiyatli bajarishda guruhiy
jipslik, guruhlararo munosabatlar, guruhdagi ijtimoiy psixologik muhit, uyushqoqlik
va ijtimoiy faollikni ta’minlashda o‘zaro askariy birodarlik va ruhiy birdamlikni
aniqlash metodikasi va uning emperik taxlili haqida fikr va mulohazalar ilmiy bayon
etilgan. Tadqiqot jarayonida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, avvalo,
tadqiqotda qatnashgan sinaluvchilarning mos ravishda tanlab olinganligi, olingan
amaliy natijalarning ilmiy jihatdan asoslanganligi, jahon psixologiyasi tajribalardan
ko‘p marotaba o‘tkazilgan metodika va so‘rovnomalardan foydalanilganligi, olingan
amaliy natijalar nazariy tomondan asoslab berilganligi, amaliy natijalar miqdoriy
ko‘rsatkichlarning matematik-statistikaning ishonchli metodlari yordamida tahlil
qilinganligi bilan izohlanadi.
Перевод пока недоступен