Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

YUKLAMALARDA SINKRETIKLIK VA POLISEMANTIKLIK

ABI

Аннотация

Maqolada lingvistik sinkretizmning namoyon bo‘lishida yuklamalar sinkretizmi zamonaviy fenomen sifatida ko‘riladi. O‘zbek tilshunosligida sinkretizm sifatlarning otlashishi (subs-tantivatsiya) hodisasini o‘rganish bilan boshlangan. Keyin boshqa mustaqil so‘zlarda ham sinkretizm mavjudligi to‘g‘risida tadqiqot ishlari olib borilgan. Ammo yordamchi so‘zlarda sinkretizm hodisasi o‘rganilmagan. Yuklamalar vazifasiga ko‘ra yuklama, yuklama-bog‘lovchi, bog‘lovchi, bog‘lovchi-yuklama turlariga bo‘linadi. Maqolada -ki, -da, -u(-yu), -ku, -mi, -chi yuklamalari tahlil qilingan. -ki yuklamasi taʼkidlovchi yuklama vazifasidan tashqari taʼkid bog‘lovchi vazifasini ham bajaradi. -da yuklamasi uyushiq bo‘laklarda va qo‘shma gaplarda bog‘lovchi vazifasini ham bajaradi. -u(-yu) yuklamasi uyushiq feʼl kesimlari orasida kelganda biriktiruvchi va zidlovchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi, bu holatda ammo, lekin, biroq zidlovchi bog‘lovchilari zidlik maʼnosini kuchaytiruvchi yuklama vazifasida keladi. -ku yuklamasi, asosan, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi. -chi yuklamasi so‘roq mazmunli to‘ldiruvchi ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita vazifasini bajaradi. -mi yuklamasi so‘roq mazmunini berishdan tashqari gapdagi ayrim bo‘laklarni, ergash gapli qo‘shma gaplarni va ko‘chirma gaplarni bog‘lash, biriktirish uchun xizmat qiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0